insurez
14-10-2025 11:35

Nurobod tumanida korrupsiya holatlarining oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va isrofgarchilikni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov rahbarligida korrupsiya holatlarining oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, isrofgarchilikni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi o'rinbosarlari, tuman prokuraturasi va IIB mas'ullari, “Mahalla yettiligi” a’zolari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida tuman hokimi M.Buranov korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi qat’iy kurashish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish zarurligini qayd etdi.

Mahallalarda to‘y va marosimlarni me’yorda o‘tkazish, isrofgarchilik va dabdababozlikning oldini olish, fuqarolar o‘rtasida bu borada tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
 

Teglar
- -