insurez
04-09-2025 18:14

Nurobod tumanida kambag‘allik reystri bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov hamda mas’ullar kambag‘al oilalar reystriga kiritilgan xonadonlarda o‘rganishlar olib bordi.

Yil boshida tumanda kambag‘allik reystrida 3366 nafar fuqaro qayd etilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 2565 nafarga kamaydi. Shundan 801 nafar fuqaro reystrdan chiqarilgan.

Hozirgi kunda reystrda:
410 nafar qizil toifadagi fuqaro,
2155 nafar sariq toifadagi fuqaro mavjud.

Tuman rahbari o‘rganishlar davomida mas’ullarga aholi daromadini oshirish, kambag‘allik reystrida asossiz qolib ketgan oilalarni zudlik bilan chiqarish hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Teglar
- -