insurez
15-04-2025 19:33

Nurobod tumanida infratuzilmani rivojlantirish va yashil tashabbuslar bo'yicha amaliy ishlar olib borildi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov va Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig'i O.Azimovlar tumandagi avtomobil yo'llari va markaziy ko'chalarda o'rganish ishlarini olib bordi.
 

O'rganishlar davomida yo'l infratuzilmasi, hududlardagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari holati bilan tanishildi.
 

Yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, turizm sohasini rivojlantirish, dam olish maskanlarini yaratish, yashil energiyadan samarali foydalanish va "Yashil makon" umummilliy loyihasining tumandagi ijrosini ta'minlash borasida qilingan ishlar ko'zdan kechirildi.
 

Shuningdek, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Bu kabi tashabbuslar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga, aholining turmush farovonligi va bandlik darajasining yanada oshishiga xizmat qilishi, shubhasiz.

Teglar
- -