Nurobod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va kelgusidagi istiqbolli rejalar
Nurobod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar, joriy yil yakuniga qadar kutilayotgan natijalar va 2025-yilda bajarilishi rejalashtirilgan istiqbolli dasturlar doirasida 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda bir qator yirik ko‘rsatkichlarga erishildi. Jumladan:
-
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi — 539,1 milliard so‘m (102,8 foiz);
-
xizmatlar sohasi hajmi — 692,1 milliard so‘m (116,0 foiz);
-
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi — 1 trillion 509 milliard so‘m (102,8 foiz);
-
qurilish ishlari hajmi — 148,6 milliard so‘m (126,6 foiz);
-
eksport hajmi — 1,7 million dollar (44,9 foiz);
-
import hajmi esa — 24,1 million dollarni (80,1 foiz) tashkil etdi.
Shu bilan birga, tumandagi kambag‘allik darajasi ham sezilarli darajada pasaydi. O‘tgan yil boshida 4 410 ta kambag‘al oilada 19 918 nafar aholi istiqomat qilgan bo‘lsa, joriy yil boshiga kelib ularning soni 3 450 ta oilada 15 328 nafarni tashkil etdi. Ya’ni kambag‘allik darajasi 12,5 foizdan 7,4 foizga tushdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330 qarori va PF-143-sonli farmoni ijrosi doirasida 960 ta oila (4 590 nafar) kambag‘allikdan chiqarildi. Jumladan:
-
125 ta oilaga imtiyozli kreditlar ajratildi;
-
128 nafariga turli subsidiyalar berildi;
-
140 nafari kasb-hunarga o‘qitildi;
-
107 nafari doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirildi;
-
460 nafari “Sayxunobod” va “Uychi” tajribalari asosida band qilindi.
Tadbirkorlik sub’yektlari soni ham o‘sib bormoqda: hozirda 2 755 ta faol tadbirkorlik sub’yekti bor bo‘lib, shundan 1 833 tasi yuridik shaxs, 922 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlardir. O‘tgan yilga nisbatan tadbirkorlik sub’yektlari soni 1 098 taga (77,3 foizga) oshdi.
Aholi bandligini ta’minlash borasida yil boshida ishsizlik darajasi 7,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 5,4 foizga tushdi. Ishsizlar soni esa 4 397 nafardan 3 392 nafarga kamaydi.
Sayxunobod, Zarbdor, Uychi va G‘ijduvon tajribalari asosida tumanda 39 ta mahallada 1 209 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 1 748 ta ish o‘rni yaratildi. Ushbu loyihalarga 33,4 milliard so‘m o‘z mablag‘lari va 30 milliard so‘mlik bank kreditlari yo‘naltirildi.
Tarmoqlar bo‘yicha esa:
-
sanoat yo‘nalishida — 148 ta loyiha, 5,9 milliard so‘m investitsiya va 238 ish o‘rni;
-
xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida — 354 ta loyiha, 14,1 milliard so‘m investitsiya va 495 ish o‘rni;
-
qishloq xo‘jaligida — 707 ta loyiha, 43,4 milliard so‘m investitsiya va 1 015 ish o‘rni yaratildi.
Uychi tajribasi asosida bank mijozlari bilan o‘tkazilgan 656 ta uchrashuv natijasida 2 364 ta ish o‘rni tashkil etildi.
2025-yil uchun istiqbolli rejalardan
2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-12-sonli qarori asosida Nurobod tumanida:
-
9 089 ta yangi ish o‘rni yaratish;
-
1 930 ta oila (8 845 nafar) kambag‘allikdan chiqarish;
-
5 396 nafarni tadbirkorlikka jalb qilish;
-
1 560 ta mikroloyiha tashkil etish va 3 120 ta ish o‘rni yaratish;
-
200 ta tadbirkorlik sub’yekti va 360 ta yakka tartibdagi tadbirkor tashkil etish;
-
723 nafarni zamonaviy kasblarga o‘qitish;
-
248 nafarini tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish;
-
kambag‘al oilalar sonini 2 010 taga tushirish;
-
ishsizlik darajasini 5,2 foizgacha kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, kelgusi yilda aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 72,2 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, ayollar tadbirkorligi va “Biznesga birinchi qadam” dasturlariga yo‘naltiriladi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Oldimizda yanada ulkan vazifalar turibdi. Shu bois barcha imkoniyatlarni ishga solib, yurtimiz farovonligi va xalqimiz baxtli hayoti uchun izchil mehnat qilishni davom ettiramiz. Bu yo‘lda har bir fuqaromizning ishonchi va faol ishtiroki biz uchun eng katta turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Yurtimiz obod, xalqimiz rozi va farovon bo‘lsin!
M. Buranov,
Nurobod tumani hokimi