Nurobod tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari muhokama qilindi
2025-yil 25-iyun kuni Nurobod tumani hokimligida "Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Iroda Haqqulova, tegishli tashkilot vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdilar.
Anjumanda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori, 2024-yil 14-dekabrdagi Respublika komissiyasining 1-sonli bayoni, shuningdek, Samarqand viloyat hokimligining 2025-yil 3-yanvardagi 09-01/01-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurobod tumanida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ushbu hujjatlar asosida tuman hokimligining 2025-yil 8-yanvardagi 28-9-sonli bayoni bilan xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini samarali tashkil etish bo‘yicha tuman komissiyasi va shtabi tarkibi tasdiqlandi.
Shu asosda 2025-yil yanvar oyida "mahalla yettiligi" ishchi guruhlari bilan birgalikda uyma-uy yurib, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, turmush sharoitlari o‘rganilib, keng qamrovli anketa-so‘rovnomalar to‘ldirildi. 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 33 671 nafar xotin-qizlardan 32 723 nafari bilan suhbatlar o‘tkazilib, so‘rovnomalar to‘ldirilgan bo‘lib, bu umumiy ko‘rsatkichning 97,2 foizini tashkil etdi.
Xatlov jarayonida:
-
294 nafar ayol ichki migratsiyada,
-
209 nafari tashqi migratsiyada,
-
23 nafari sog‘lig‘i sababli kasalxonada,
-
422 nafari boshqa sabablarga ko‘ra xonadonida bo‘lmaganligi aniqlangan.
Shu asosda fevral oyida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritiladigan xotin-qizlar ro‘yxatlari shakllantirilib, “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori bilan tasdiqlandi. Shuningdek, har bir xotin-qiz uchun individual dasturlar ishlab chiqildi.
Natijada, 2025-yilda Nurobod tumanida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga jami 3 446 nafar xotin-qiz kiritildi. Ular quyidagi toifalarga ajratildi:
-
1-toifa – Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar – 2020 nafar
-
2-toifa – Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar – 74 nafar
-
3-toifa – Boquvchisi bo‘lmagan xotin-qizlar – 548 nafar
-
3.1-toifa – Uy-joyi ta’mirlanishga muhtojlar – 14 nafar
-
-
4-toifa – Nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj xotin-qizlar – 402 nafar
-
4.1-toifa – Uy-joyi ta’mirlanishga muhtojlar – 10 nafar
-
-
5-toifa – Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar – 2 nafar
-
5.2-toifa – Ijara kompensatsiyasi ajratilishi kerak bo‘lganlar – 2 nafar
-
-
6-toifa – Qaramog‘ida nogiron farzandi bor xotin-qizlar – 400 nafar
-
6.1-toifa – Tomorqadan unumli foydalanish uchun yordamga muhtojlar – 17 nafar
-
2025-yil 25-iyun holatiga ko‘ra, ushbu 3 446 nafar xotin-qizlardan **2 020 nafari yoki 58,6%**iga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Jumladan:
-
1-toifa – 2020 nafar xotin-qizdan 1455 nafari (72%) bandligi ta’minlangan.
-
2-toifa – 74 nafar ayoldan 50 nafari (68%) kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.
-
3-toifa – 548 nafar ayoldan 310 nafari (57%) moddiy yordam olgan.
-
4-toifa – 402 nafar ehtiyojmanddan 128 nafari (32%) yordam olgan.
-
5-toifa – 2 nafar ayolga uy-joy yoki ijara kompensatsiyasi berilmagan.
-
6-toifa – 400 nafar ayoldan 77 nafari (19%) yordam bilan qamrab olingan.
Matbuot anjumanida shuningdek, kelgusida yordam ko‘rsatilmagan toifalardagi ayollar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini yechishda tuman hokimligi, tegishli xizmatlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish borasidagi rejalar muhokama qilindi.