insurez
04-07-2024 11:03

Nurobod tumanida ham " “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi doirasida Nurobod tumani Yoshlar ishlari bo‘limi va tuman IIB tomonidan joylarda qator targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda


XXI asr - ilm-fan, texnologiyalar, globallashuv asri. Jadal sur'atlarda rivojlanib borayotgan dunyoyimizda internet va ijtimoiy tarmoqlar insonlarga qator qulaylik va imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda, afsuski, kiberjinoyatlar bilan shug'ullanishni o'ziga "kasb" qilib olgan firibgarlar soni tobora ko'payib bormoqda. Ko'plab yurtdoshlarimiz internet firibgarlarining turfa yolg'onlariga ishonib, o'z mablag'lari, halol mehnati bilan topgan pullaridan ayrilib qolishmoqda. Bu muammoning eng to'g'ri va samarali yechimi esa aholining kibermadaniyatini, internet savodxonligini oshirishdir. Nurobod tumanida ham " “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi doirasida Nurobod tumani Yoshlar ishlari bo‘limi va tuman IIB tomonidan joylarda qator targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda. Fuqarolarga hozirgi kunda keng tarqalgan kiberjinoyatlar, ulardan saqlanish uchun e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar to'g'risida batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ogoh bo'ling! Firibgarlar tuzog'iga ishonib, farzandlaringiz rizqini, peshona teringiz bilan yiqqan mablag'ingizni kiberjinoyatchilarga topshirib qo'ymang, aziz tumandoshlar!

Teglar
- -