insurez
05-01-2026 18:12

Nurobod tumanida fuqarolik sudi tomonidan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarning umumiy statistik tahlili


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudi tomonidan 2025 yil davomida jami 3.969 ta ishlar mazmunan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 955 ta yoki 24 foiz fuqarolik ishlari da’vo tartibida, 2.825 ta yoki 71,2 foizi sud buyrug‘i tartibida va 189 ta yoki 4,7 foiz arizalar material tariqasida ko‘rib tamomlangan. 
Shundan da’vo tartibida ko‘rilgan ishlarning 731 tasi yoki 76,5 foizi bo‘yicha talablar to‘liq yoki qisman qanoatlantirilgan, 161 ta yoki 16,8 foiz fuqarolik ishlari bo‘yicha talablar qanoatlantirishdan rad etilgan, 45 ta yoki 4,7 foiz arizalar kamchiliklar mavjudligi sababli qaytarilgan, 58 ta yoki 6,0 foiz fuqarolik ishlari taraflar kelmaganligi yoki taraf ariza yozib berganligi sababli ko‘rmasdan qoldirilgan va 5 ta yoki 0,5 foiz fuqarolik ishlari ish yuritishdan tugatilgan.

Da’vo tartibida ko‘rilgan ishlar toifasi bo‘yicha 327 ta yoki 34,2 foiz fuqarolik ishlari oilaviy nizolar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni, 35 tasi yoki 3,6 foizi mehnat nizolari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni va 207 tasi yoki 21,7 foizi kredit va qarz munosabatidan kelib chiqadigan nizolar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi.

O‘tgan yil davomida buyruq tartibida ko‘rilgan jami 2.825 ta ishlardan, 320 tasi yoki 11,3 foizi kommunal xizmatlari uchun yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq, 726 tasi yoki
25,7 foizi
soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq, 1.549 tasi yoki 54,8 foizi yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar bo‘yicha hamda 223 tasi yoki 7,9 foizi voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risida chiqarilgan sud buyruqlarini tashkil qiladi.

Da’vo tartibida ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlarining 24 tasi bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlariga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik va oilalarni yarashtirish choralarini ko‘rish hususida xususiy ajrimlar chiqarilgan.

Shuningdek, kelgusida notinch oilalarda noxush holatlar ya’ni huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir bo‘lmasligi uchun tuman Ichki ishlar bo‘limiga profilaktik suhbat(tadbir)lar o‘tkazish uchun 11 ta xabarnomalar yuborilgan.

Bundan tashqari, o‘tgan yil davomida jami 16 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Nurobod tuman sudi raisi                        S.U.Kuliyev

Teglar
- -