Nurobod tumanida fuqarolar yig'ini raislari saylovi bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumanining Mehnatkash va Tegirmonboshi mahallalarida fuqarolar yig'ini raisi saylovlari o'tkazildi.
Saylovlarda har ikkala mahallaning faol fuqarolari, oqsoqollar, xotin-qizlar, yoshlar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Saylov jarayonlari O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ochiq va oshkora tarzda o'tkazildi. Mahalla aholisi o'zlari ishonch bildirgan, el-yurt hurmatiga sazovor, tajribali va tashabbuskor nomzodlarga ovoz berishdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, har ikki mahallada ham yangi raislar katta umid va maqsadlar bilan ish faoliyatini boshlashdi. Ular mahalla ahliga hudud taraqqiyoti, yoshlar bandligini ta'minlash, ijtimoiy muammolarni hal qilish va mahalladagi birdamlikni yanada mustahkamlash bo'yicha aniq rejalarini taqdim etishdi.
Ushbu saylovlar mahallalarda fuqarolik jamiyati yanada mustahkamlanayotganligi va aholining o'z mahallasi taqdiriga befarq emasligini yana bir bor namoyon etdi.