insurez
04-09-2025 18:16

Nurobod tumanida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqarolar muhofazasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida


Bugungi kunda jamiyat xavfsizligini ta’minlash, aholining farovon hayot kechirishi hamda inson salomatligini asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois, Nurobod tumanida ham Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqarolar muhofazasi sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Favqulodda vaziyatlarning asosiy sabablari tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, kuchli shamol), texnogen hodisalar (yong‘in, portlash, ishlab chiqarishdagi avariya) va ekologik muammolar hisoblanadi.
Ularning oldini olish maqsadida Nurobod tumanida:

xavfli hududlarda doimiy kuzatuv va monitoring ishlari yo‘lga qo‘yilgan;

tabiiy ofatlar ehtimolini prognozlash bo‘yicha hamkorlikdagi ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda;

muhandislik inshootlari va elektr, gaz tarmoqlari xavfsizligini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda;

aholini tezkor ogohlantirish tizimlarini takomillashtirish ustuvor vazifa etib belgilangan.

Fuqarolar muhofazasi bo‘yicha tadbirlar
Nurobod tumani FVB tomonidan aholining favqulodda vaziyatlardagi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Jumladan:

fuqarolarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda;

mahalla va ta’lim muassasalarida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari, amaliy treninglar o‘tkazilmoqda;

qutqaruv bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan;

xavfli ob’yekt va ijtimoiy muassasalarda yong‘inga qarshi tizimlarni modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Nurobod tumanida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqarolar muhofazasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar aholining hayoti va salomatligini saqlash, moddiy zararlarni kamaytirish hamda tumanning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Har bir fuqaroning ogohligi, mas’uliyati va belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilishi esa ushbu tizimning samaradorligini yanada oshiradi.

Nurobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi

Teglar
- -