insurez
16-04-2025 15:32

Nurobod tumanida eksport hajmi belgilangan prognozdan 3 barobarga oshdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-407-son qaroriga muvofiq, 2025-yilda Nurobod tumani bo‘yicha eksport hajmini 2,5 million dollarga yetkazish (shundan, 1,4 mln. dollar sanoat mahsulotlari va 1,0 mln. dollar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) rejalashtirilgan edi.

Shu munosabat bilan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Nurobod tumani hokimining o‘rinbosari – tuman investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Suxrob Mirzoxodjayev ishtirokida matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi.

Brifingda ta’kidlanganidek, joriy yilning yanvar–aprel oylari uchun belgilangan eksport prognozi 0,9 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa-da, amalda 2,46 million dollar qiymatidagi mahsulotlar eksport qilinib, belgilangan reja 279,5 foizga bajarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 853 foizga oshganini ko‘rsatadi.

Eksport tarkibi quyidagicha:

  • Sanoat mahsulotlari: 1,7 mln. dollar

  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari: 0,76 mln. dollar

Mahsulotlar asosiy yo‘nalishlari:

 Meva-sabzavot mahsulotlari – 0,76 mln. dollar
 O‘simliklarni himoyalash dori vositalari – 1,5 mln. dollar
 Boshqa turdagi mahsulotlar – 0,2 mln. dollar

Shuningdek, eksport geografiyasi ham kengayib, Turkmaniston va Gruziya kabi yangi bozorlar o‘zlashtirildi.

Brifing yakunida Suxrob Mirzoxodjayev bu yutuqlar tuman sanoati va qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda muhim omil bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

Teglar
- -