Nurobod tumanida bog'dorchilik sohasi yanada rivojlanmoqda
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanning olis Mehnatkash mahallasida joylashgan "Ohalik oltin bog'lari" MCHJ faoliyati bilan tanishdi.
Tomchilatib sug'orish asosida tashkil etilgan bog' maydoni 400 gektarni tashkil etib, asosan serhosil bodom daraxtlari, shuningdek, gilos va shaftoli ko'chatlari o'tqazilgan.
Tuman rahbari bog‘dagi hosilga kirgan va hali yosh nihollar holati bilan tanishib, bog'ni yanada kengaytirish, MCHJ ning bog'dorchilikdagi ilg'or tajribasini boshqa hududlarga ham yoyish yuzasidan zarur tavsiya va topshiriqlar berdi.
Nurobod tumanida bog'dorchilik sohasida amalga oshirilayotgan bunday ilg‘or tajribalar hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishga, bog'dorchilik sohasi rivojining yangi bosqichga ko'tarilishiga xizmat qilishi, shubhasiz.