Nurobod tumanida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlar “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya ostida o‘tkazildi.
Nurobod tumanidagi 33-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida tuman hokimi M.Buranov qatnashib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Shuningdek, ustoz-murabbiylar va ota-onalarga ham minnatdorchilik bildirib, yoshlarga bilim va tarbiya berish borasidagi mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayramona ruhda tashkil etilgan tadbirlarda 1-sinf o‘quvchilari uchun Prezidentimiz sovg‘alari – maktab sumkasi, o‘quv qurollari va darsliklar majmuasi topshirildi.
Tuman rahbari “Mustaqillik darsi”da o‘quvchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berib, yangi o‘quv yilida o‘qishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.