Nurobod tumanida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Nurobod tumanida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ushbu masalalar yuzasidan Nurobod tumani hokimining o‘rinbosari – tuman investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Suxrob Mirzoxodjayev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, 2025-yilda tumanda 9089 ta yangi ish o‘rinlari yaratish va 1930 ta oilani (8845 nafar fuqaro) kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan. Bu boradagi asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
Bandlikni ta’minlashning asosiy manbalari:
-
Investisiya loyihalari hisobiga – 1191 nafar
-
Tijorat banklari orqali – 6344 nafar
-
Qishloq xo‘jaligida – 1288 nafar
-
Qurilish yo‘nalishida – 266 nafar
Rejalashtirilgan chora-tadbirlar:
4995 nafar aholini doimiy daromad bilan ta’minlash
4644 nafarni o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirish
200 ta tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish
360 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashkil etish
5396 nafar shaxslarni tadbirkorlikka jalb qilish
1560 ta mikroloyihalarni tashkil etib, 3120 ta yangi ish o‘rinlari yaratish
Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari asosida 2959 nafar aholi bandligini ta’minlash
389 nafarga yer ajratib ijaraga berish
723 nafarini zamonaviy kasblarga o‘qitish
248 nafarini tashkillashtirilgan migratsiyaga yuborish
Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarilgan oilalar sonini 2010 taga yetkazish, ishsizlik darajasini 5,2 foizgacha tushirish, tadbirkorlik sub’yektlari sonini 2033 taga, yakka tartibdagi tadbirkorlar sonini 1282 nafarga, o‘zini o‘zi band qilganlar sonini esa 23 952 nafarga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan.
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash:
Ushbu rejalarni amalga oshirish uchun kelgusi yilda jami 72,2 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan. Jumladan:
-
Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi – 24,8 mlrd. so‘m
-
Xamroh tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi – 3,3 mlrd. so‘m
-
Oilaviy tadbirkorlik dasturi – 37,2 mlrd. so‘m
-
“Biznesga birinchi qadam” dasturi – 6,9 mlrd. so‘m
Matbuot anjumani yakunida Suxrob Mirzoxodjayev ushbu chora-tadbirlar aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.