Nurobod tumanida aholining tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishlarini tashkil etish maqsadida o'quv-seminari o'tkazildi
Nurobod tumanida aholining tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishlarini tashkil etish maqsadida o'quv-seminarlari o'tkazib kelinmoqda.
Ana shunday seminarlardan navbatdagisi 2-sektor hududidagi Ulus mahallasida o'tkazilib, unda tuman prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimov, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari va faollar ishtirok etdi.
O'quv-seminari davomida sektor rahbari tomorqasidan samarali foydalanish orqali yuqori daromad olib kelayotgan ilg‘or tumandoshlarimizning tadbirkorlik tajribasini keng yoyish zarurligini alohida ta'kidlab, bu borada mas'ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berdi.
Tadbir davomida seminar ishtirokchilari fuqaro T.Boboqulov xonadonida bo'lib, tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishishdi.