Nurobod tumanida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
Joriy yilning iyul oyida Nurobod tumanida “Tuman aholisini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Nurobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Nizom Nosirov hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha
Bugungi kunda Nurobod tumanida 6 661 ta aholi iste’molchilari va 124 ta ulgurji iste’molchi tabiiy gazdan foydalanib kelmoqda. Tumandagi jami 39 ta mahalladan 11 tasi tabiiy gazga ulangan bo‘lib, qolgan 38 ta mahalla suyultirilgan gazdan foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli qarori asosida “Nurobodtumangaz” tomonidan bir qator ishlari amalga oshirildi va yangi rejalar belgilandi.
Xususan, 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumi davomida gaz tarmoqlaridagi texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida ma’nan eskirgan gaz taqsimlash qurilmalari demontaj qilinib, ta’minot tizimi 3-bosqichli tizimdan 2-bosqichli tizimga o‘tkazildi. Natijada kuniga 13–15 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinmoqda.
Shuningdek:
-
Navruz MFYda tabiiy gaz bosimini yaxshilash maqsadida 410 metr gaz quvuri almashtirilishi rejalashtirilib, bugungi kunda 210 metri tortib bitkazildi.
-
Yuksalish va Saxoba mahallalaridagi yuqori bosimli GTKlar mukammal ta’mirlanib, yangi rusumdagi qurilmalar o‘rnatildi.
-
Sharq Yulduzi mahallasi Tinchlik guzarida ham yangi GTK o‘rnatilib, bosim barqarorligi ta’minlandi.
-
110 km yer osti gaz quvurlari maxsus usulda tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
-
57 km gaz quvuri havo bosimi yordamida zichlikka sinovdan o‘tkazildi.
-
15 km gaz quvuri rextovka qilinib, bo‘yaldi va 20 ta yuqori va o‘rta bosimli armaturalar ta’mirlandi.
Bugungi kunda tumanda foydalanilayotgan 54 ta gaz taqsimlash qurilmasi to‘liq taftish va sozlashdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 25 tasi yuqori, 29 tasi o‘rta bosimli hisoblanadi. Tumandagi gaz quvurlari uzunligi esa 577 km dan oshib, shundan 122 km yuqori, 143 km o‘rta va 311 km past bosimli quvurlarni tashkil etadi.
Yil davomida aholi orasida gazni tejash, isrof qilmaslik va zamonaviy energiya tejamkor yoqilg‘iga o‘tish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 515 ta iste’molchi 2-bosqichli tizimga o‘tkazildi, 230 ta nostandart gaz yoqilg‘ichlari zamonaviy avtomatik yoqilg‘ichlarga almashtirildi va 2 ta yangi GTK o‘rnatildi.
Suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha
Nurobod tumanidagi 38 ta mahallada yashovchi 22 044 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi. Fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, ID kartasi bor va yo‘qligi, qo‘shimcha ballonlarga ehtiyoj aniqlanib, xatlov ishlari olib borildi.
Joriy yilning o‘zida mahallalardagi yangi xonadonlarga qo‘shimcha 180 ta maishiy gaz balloni yetkazib berildi va aholi ehtiyojlari qondirildi. Gaz ta’minoti 5 ta ISUZU avtomashinasi yordamida 40–45 kunlik grafik asosida amalga oshirib kelinmoqda. Yaqinda hududlarning tarqoqligini hisobga olib, yana 1 ta qo‘shimcha ISUZU mashinasi ajratildi.
Shuningdek:
-
“Ye-gaz” dasturidagi iste’molchilar ro‘yxati mahalla yettiligi bilan birga tekshirilib, yashamaydigan iste’molchilar aniqlanib, hisobdan chiqarish ishlari boshlandi.
-
Suyultirilgan gazni faqat ovqat va choy tayyorlash uchun ishlatish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Xulosa:
Matbuot anjumanida “Nurobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Nizom Nosirov amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Tuman gaz ta’minoti bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda aholi va iste’molchilarning ehtiyojlarini to‘liq qondirish, resurslardan samarali foydalanish va zamonaviy, xavfsiz texnologiyalarni joriy etish asosiy maqsad etib belgilanganligi ta’kidlandi.