insurez
24-04-2025 16:14

Nurobod tumanida aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va unda aholining faol ishtirokini ta'minlash mavzusida seminar tashkil etildi


Bugun Nurobod tumanida aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va unda aholining faol ishtirokini ta'minlash mavzusida seminar o'tkazildi.
 

Unda tuman statistika bo'limi boshlig'i M.Turayev aholini ro'yxatga olishning ahamiyati va uni o'tkazish nima uchun zarurligi to'g'risida to'xtalib o'tdi.
 

Jumladan, O'zbekistonda aholini ro'yxatga olish ishlari 2025-2026 yillarda o'tkazilishi 2024-yil 4-mart kuni Prezident tomonidan imzolagan 114-sonli qaror ilovasida belgilab qo'yilganligi, hozirgi kunda ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to'g'risida batafsil tushuntirishlar berdi. 

 

Xususan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblashda, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligi yaxshilash va oilalarga yordam ko'rsatish bo'yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qilishi, aholi punktlarining infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo'yicha qisqa, o'rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatilishi ta'kidlab o'tildi.
 

Uchrashuv so'ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Teglar
- -