insurez
25-02-2025 15:03

Nurobod tumanida aholiga qulayliklar yaratish va munosib turmush darajasini ta'minlash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda


Nurobod tumanida aholiga qulayliklar yaratish va munosib turmush darajasini ta'minlash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun tuman prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimov tashabbusi bilan tumanning Sharq yulduzi mahallasidagi ko'p qavatli aholi turarjoylari va uy-bog'chalar atroflarini ko'kalamzorlashtirish, rekonstruksiya qilish, kirish va ichki yo'laklarga o'rnatilgan yoritish chiroqlarini tejamkor lampalarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Tuman prokurori qilinayotgan ishlar holati va sifati bilan yaqindan tanishib, ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
 

Teglar
- -