Nurobod tumanida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha reja 156 foizga bajarildi
Joriy yilning 2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra Nurobod tumanida mehnatga layoqatli aholining umumiy soni 83 099 nafarni tashkil etib, ularning 61 220 nafari band, 4 053 nafari ishga muhtoj sifatida qayd etilgan. Tumandagi ishsizlik darajasi esa 6,2 foiz atrofida.
Tumanda 2025-yil davomida jami 9089 nafar aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish rejalashtirilgan edi. O‘tgan 5 oy davomida ushbu rejani 3598 nafar aholiga taqdim etish belgilangan bo‘lsa-da, amalda 5610 nafar aholi bandligi ta’minlanib, reja 156 foizga bajarildi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar
Tahlillarga ko‘ra, bandlikni ta’minlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan:
-
Investitsiyalar, sanoat va savdo sohasi: reja 354 nafar, amalda 160 nafar, ya’ni 45 foiz;
-
Markaziy bank va tijorat banklari orqali: reja 2364 nafar, amalda 3622 nafar, ya’ni 153 foiz;
-
Qishloq xo‘jaligi va fermerlar kengashi orqali: reja 734 nafar, amalda 1451 nafar, ya’ni 196 foiz;
-
Qurilish sohasida: reja 141 nafar, amalda 360 nafar, ya’ni 255 foiz.
Bu ko‘rsatkichlar aholining tadbirkorlik va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb qilinayotganidan dalolat beradi.
Kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish
2025-yilning yanvar-may oylarida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga 821 nafar fuqaro murojaat qilgan, ulardan 544 nafari ishga joylashtirilgan. Ishga kirganlarning 280 nafari ayollar, 149 nafari esa yoshlar hisoblanadi.
Shuningdek, 157 nafar fuqaro kasbga o‘qitishga yuborilgan, ulardan 114 nafari ayollar, 61 nafari yoshlar bo‘lib, ular quyidagi o‘quv markazlarida bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda:
-
“Kattaqo‘rg‘on shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi” – 70 nafar;
-
“Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi” – 51 nafar;
-
Samarqand shahar 3-son politexnikumi – 6 nafar;
-
Samarqand shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi – 9 nafar;
-
Samarqand viloyati kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi – 5 nafar;
-
“IT HUB Samarkand 1” – 15 nafar;
-
“Milliy liboslar va tibbiyot akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasi – 1 nafar.
Matbuot anjumani
Ushbu yutuqlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan “Aholi bandligini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar natijadorligi to‘g‘risida” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda Nurobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Shoxruz Berdiyev ishtirok etib, bandlikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar haqida jurnalistlarga batafsil ma’lumot berdi.