insurez
24-02-2025 14:39

Nurobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman aholisi va tadbirkorlari uchun navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi


Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman aholisi va tadbirkorlari uchun navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi.

Unda Xalq qabulxonasi, hokim o'rinbosarlari, tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolardan tabiiy gaz, ichki yo'llar ta'miri, bandlikni ta'minlash, subsidiya, kadastr, soliq, tibbiyot va moddiy yordamlar olish  kabi masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglab, murojaatlarning qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berdi.
 

Teglar
- -