insurez
09-06-2025 12:30

Nurobod tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi.

Unda Xalq qabulxonasi, tuman hokimi o'rinbosarlari, tumandagi korxona-tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar va yoshlar ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, kadastr, soliq, tibbiyot, bandlikni ta'minlash, aliment va boshqa turli masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar yo'llandi.

Har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularning yechim topishi va qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishi yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

Aholi muammo va takliflarini tinglash, turmush farovonligini oshirish, ertangi kunga bo'lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan bu kabi qabullar, rahbar va fuqarolar uchrashuvlari tumanda muntazam davom ettirilishi rejalashtirilgan.
 

Teglar
- -