Nurobod tumani prokurori Jamshid Abdixakimovning tuman aholisiga profilaktik - ogohlantiruv murojaati
Assalomu alaykum hurmatli tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!
Bugun sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha har oy yakuni bilan “profilaktik ogohlantiruv murojaatim”ni yo‘llamoqdaman.
Bundan ko‘zlangan maqsad, tumanimiz aholisini kriminogen vaziyatdan ogoh qilish va fuqarolarni jinoyatlardan jabrlanib qolishini tushuntirishdan iborat.Shu sababli joriy yilning yanvar oyida kriminogyen vaziyat bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tmoqchiman.
2026 yilning yanvar oyi davomida tumanda jami 27 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, shundan 3 tasi tashabbus orqali aniqlanadigan jinoyatlar, 9 tasi oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, shundan 5 tasi mahalla hududida sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar va 15 tasi axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan jinoyatlardan iborat.
Olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida tumanimiz hududida oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlardan qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik, bosqinchilik jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida, joriy yilning o‘tgan yanvar oyida 39 ta mahallalarning 3 tasida jinoyatlar kamaygan bo‘lsa, 36 tasida jinoyatlar sodir etilmadi. Shuningdek, mahallalarning “qizil” toifaga kirganlari mavjud emas. 2026 yilning birgina yanvar oyi davomida tuman hududida sodir etilgan 27 ta jinoyatlarning 9 tasini oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil qilib, shundan 55 foizini (5 tasi) o‘g‘irlik jinoyatlari tashkil qilgan.
Aziz tumandoshlar!!!
Hozirgi kunga qadar sodir qilingan o‘g‘irliklarni tahlil qilganimizda 2026 yilning yanvar oyi davomida 5 ta o‘g‘irliklar sodir etilgan bo‘lib umumiy jinoyatlarning 18 foizini tashkil qilib, shundan 2 tasi Saroy mahallasida, 2 tasi Oltinsoy mahallasida sodir etilishga yo‘l qo‘yilgan.
O‘g‘irliklarning 1 tasi xonadonlarda, 4 tasi hayvon o‘g‘irligini tashkil etadi. Xonadonlar va boshqa xususiy ob’yektlaringizda o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida ularni qo‘riqlash pulьtlariga topshirishingizni tavsiya qilaman. Avtotransport vositalarida sodir etilayotgan o‘g‘irlik jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida transport vositangizni ochiq xolda va kalitini o‘zida qoldirmang yoki qimmatbaxo buyumlaringizni saqlamang. Yana shuni aloxida ta’kidlab, aytishim zarurki olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga qaramasdan hozirgi kunda avj olgan kiber jinoyatchilik, fuqarolarimizni e’tiborsizligi natijasida qo‘llaridagi plastik karta raqamlarini va yashirin kodlarini o‘zgalarga berishi natijasida firibgarlar domiga tushib kolayotganligi ayanchlidir. Aziz fuqarolar!!! Plastik kartangizga oid bo‘lgan parollarni va turli ko‘rinishda “Telegram” va boshqa messendjerlarida kelayotgan xabarlarga ishonib, plastik kartangiz kodlarni hech kimga aytmang, ularni faqatgina firibgarlar so‘rashadi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali APK ko‘rinishdagi “SUDGA CHAQIRUV”, “MIBdan jarima”, “SENING SURATLARING” va shunga o‘xshash mazmundagi ilovalar, yolg‘on xabarlar yoki o‘zlarini Markaziy bank, Davlat organi, To‘lov tashkilotining xavfsizlik bo‘limi xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar ishonchiga kirib bank kartalaridan pul mablag‘larini o‘zlashtirish yoki nomlariga katta miqdorda kredit rasmiylashtirib olish holatlari juda ko‘payib bormoqda.
Agarda sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘ralsa yoki bank kartangizga hujum bo‘layotganligi aytilsa, bankning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib holatga oydinlik kiritishingiz shart.
Hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlardan samarali foydalanmay, jinoyat yo‘liga kirib qolgan yoshlarimiz bilan jamoatchilik yordamida va qolaversa mahallalarimizda yashayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimiz yordamida ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu o‘rinda ma’lumot uchun joriy yilning yanvar oyi davomida tumanimizda yashovchi voyaga yetmagan va yoshlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Tuman IIB hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida bir qancha profilaktik ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Siz aziz ota-onalardan ham farzandlaringizga e’tiborli bo‘lib, har qanday salbiy holatlar hamda ular o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishiga e’tiborli bo‘lishlaringizni so‘rab qolaman.
Aziz tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari barchamiz yakdillik bilan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashgan holda ularni oldini olishga kirishsak, tumanimizni avvalo mahallamizni jinoyatdan holi hududga aylantiramiz.
E’tiborlaringiz uchun rahmat.




