insurez
16-12-2025 16:39

Nurobod tumani prokurori Jamshid Abdixakimovning tuman aholisiga profilaktik - ogohlantiruv murojaati


Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!

Bugun sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha har oy yakuni bilan profilaktik ogohlantiruv murojaatimni yo‘llamoqdaman.
Bundan ko‘zlangan maqsad, tumanimiz aholisini kriminogen vaziyatdan ogoh qilish va fuqarolarni jinoyatlardan jabrlanib qolishini  tushuntirishdan iborat.

Shu sababli noyabr oyida kriminogen vaziyat bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tmoqchiman.

Joriy yilning 11 oyi davomida  tumanda jami 271 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, shundan 57 tasi tashabbus orqali aniqlanadigan jinoyatlar, 207 tasi oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, shundan 98 tasi mahalla hududida sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar va  7 tasi axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan jinoyatlardan iborat.

Olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida tumanimiz hududida oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlardan bosqinchilik jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

     
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida,  joriy yilning 11 oyi davomida 39 ta mahallalarning 25 tasida jinoyatlar kamaydi;  9 tasida umuman jinoyatlar jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Shuningdek, mahallalarning 5 tasi “qizil” toifaga kirgan bo‘lib, ularning hissasiga 30,6 foiz oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning noyabr oyi davomida tuman hududida umumiy 37 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, shundan 21 tasini oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil qilib, shundan 28,5 foizini (6 tasi) o‘g‘irlik, 14,3 foizini (3 tasi) tan jarohatlari bilan bog‘liq jinoyatlar tashkil qilgan.

Aziz tumandoshlar!!!

Hozirgi kunga qadar sodir qilingan o‘g‘irliklarni tahlil qilganimizda joriy yilning 11 oyi davomida 78 ta o‘g‘irliklar sodir etilgan bo‘lib umumiy jinoyatlarning 28.7 foizini tashkil qiladi.

O‘g‘irliklarning 11 tasi xonadonlarda, 39 tasi hayvon o‘g‘irligi, 8 tasi avtotransportlardan, 5 tasi savdo shahobchalaridan, 3 tasi velosiped, 4 ta telefon o‘g‘irliklarini tashkil etadi.

Xonadonlar va boshqa xususiy ob’yektlaringizda o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida ularni qo‘riqlash pultlariga topshirishingizni tavsiya qilaman.
Avtotransport vositalarida sodir etilayotgan o‘g‘irlik jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida transport vositangizni ochiq xolda va kalitini o‘zida qoldirmang yoki qimmatbaxo buyumlaringizni saqlamang.

Yana shuni aloxida ta’kidlab, aytishim zarurki olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga qaramasdan hozirgi kunda avj olgan kiber jinoyatchilik, fuqarolarimizni e’tiborsizligi natijasida qo‘llaridagi plastik karta raqamlarini va yashirin kodlarini o‘zgalarga berishi natijasida firibgarlar domiga tushib kolayotganligi ayanchlidir.


Aziz fuqarolar!!! plastik kartangizga oid bo‘lgan parollarni va turli ko‘rinishda “Telegram” va boshqa messendjerlarida kelayotgan xabarlarga ishonib, plastik kartangiz kodlarni hech kimga aytmang, ularni faqatgina firibgarlar so‘rashadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali APK ko‘rinishdagi “SUDGA CHAQIRUV”, “MIBdan jarima”, “SENING SURATLARING” va shunga o‘xshash mazmundagi ilovalar, yolg‘on xabarlar yoki o‘zlarini Markaziy bank, Davlat organi, To‘lov tashkilotining xavfsizlik bo‘limi xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar ishonchiga kirib bank kartalaridan pul mablag‘larini o‘zlashtirish yoki nomlariga katta miqdorda kredit rasmiylashtirib olish holatlari juda ko‘payib bormoqda.

Agarda sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘ralsa yoki bank kartangizga hujum bo‘layotganligi aytilsa, bankning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib holatga oydinlik kiritishingiz shart.


Hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlardan samarali foydalanmay, jinoyat yo‘liga kirib qolgan yoshlarimiz bilan jamoatchilik yordamida va qolaversa mahallalarimizda yashayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimiz yordamida ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu o‘rinda ma’lumot uchun 2025 yilning 11 oyi davomida tumanimizda yashovchi 7 nafar voyaga yetmagan va 66 nafar yoshlar tomonidan turli jinoyatlar sodir etilganligi achinarli hol ekanligini aytib o‘tishim lozim.
Tuman IIB hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida bir qancha profilaktik ishlarni amalga oshirib kelmoqda.     

Siz aziz ota-onalardan ham farzandlaringizga e’tiborli bo‘lib, har qanday salbiy holatlar hamda ular o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishiga e’tiborli bo‘lishlaringizni so‘rab qolaman.

Aziz tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari barchamiz yakdillik bilan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashgan holda ularni oldini olishga kirishsak, tumanimizni avvalo mahallamizni jinoyatdan holi hududga aylantiramiz.

Teglar
- -