Nurobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimov sektor hududidagi Jom vaTegirmonboshi mahallalarida bo'lib, hudud aholisi bilan uchrashuv va muloqotlar o'tkazdi
Bugun Nurobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimov sektor hududidagi Jom vaTegirmonboshi mahallalarida bo'lib, hudud aholisi bilan uchrashuv va muloqotlar o'tkazdi.
Dastavval, sektor rahbarining Jom mahallasida sayyor qabuli tashkil etilib, unda fuqarolar tomonidan yo'llangan murojaat va takliflar tinglandi hamda ularning yechimi yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.
Sayyor qabuldan so'ng, tuman prokurori Tegirmonboshi mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlarida bo'lib, ulardagi davomat, tartib-intizom va isitish tizimlarining holati bilan tanishdi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, mahallada sodir etilgan jinoyatchilik holati muhokamasi o'tkazilib, uning sodir etilish sabablari va oqibatlari batafsil tahlil etildi hamda kelgusida bunday salbiy holatlar takrorlanishining oldini yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.