insurez
25-04-2025 11:17

NUROBOD TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi M.Buranov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sh.Eshonqulov, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, maktab direktorlari, MTT rahbarlari hamda soha mas'ullari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rildi: Xushbaqov Shavkat Urolovich – O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri buyrug'i bilan Nurobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Shavkat Xushbaqov 1982-yil Nurobod tumanida tug‘ilgan.  Ma’lumoti oliy. 2008-yil O'zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi – psixolog.

Tayinlovga qadar Sh.Xushbaqov Nurobod pedagogika kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sh.Xushbaqovning kelgusidagi faoliyatida omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Nurobod tumani hokimligi Axborot xizmati
 

Teglar
- -