Nurobod tumani "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish" jamiyati tomonidan hududlarda ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati bo'yicha monitoring-kuzatuv tadbirlari olib borilmoqda
Ayni kunlarda Nurobod tumani "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish" jamiyati tomonidan hududlarda ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati bo'yicha monitoring-kuzatuv tadbirlari olib borilmoqda.
Nurobod tumani hokimining topshirig'i va "O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi"ning tegishli buyruqlariga asosan o'tkazilayotgan bunday tadbirlardan navbatdagisi tumanning O'rtabuz, Olg'a, Chorvador mahallalarida bo'lib o'tdi.
Tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ushbu mahallalardagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi o'rganishlar davomida ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati batafsil tahlil etildi.