insurez
14-01-2025 16:31

Nurobod tumani ishchi guruhining 2024-yil 4-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti


Nurobod tumani ishchi guruhining 2024-yil 4-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ 5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g'risida”gi KQ-787-IV-sonli qarorlari qabul qilingan.

Mazkur qarorlarga ko‘ra:

Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan tuman (shahar)lar byudjetlari mablag‘lari tegishlicha tuman va shahar hokimligi qoshida ochiladigan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanishi va ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflanishi qat’iyan taqiqlanishi belgilangan.

 

2024-yil davomida Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasida shakillangan mablag‘lar:

Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i shakllantirildi. Ushbu jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizi 2 003,2 mln.so‘m, 2025-yil 1- yanvar holatiga 2023-yil daromadlarning hisobot choraklari yakunilari bo‘yicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilgan qismining 2 811,0 mln.so‘m,2023 yil 1-2 mavsumdan iqtisod qilingan mablag‘ning 907,2 mln.so‘m, tuman budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi 19 446,0 mln.so‘m, “mening yulim loyihasi” uchin 4 000.0 mln.so‘m,IMV ning 2024-yil 16-sentabrdagi 23-9-19264-sonli xatiga asosan mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan loyihalar qo‘shimcha ravishda g‘olib deb toppish to‘g‘risidagi xatiga asosan 2 720,0 mln.so‘m, ajratilgan mablag‘lar Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan o‘tkazilishi ta’minlandi.

 

2024-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

 

Jamoatchilik fikri asosida 2024 yil 1-mavsumning birinchi bosqichida, joriy yilning 01 fevraldan 22 fevral kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining openbyudjet.uz rasmiy veb sayti orqali tumandagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar tomonidan 94 ta 110 mlrd. 412 mln.so‘mlik takliflar kelib tushdi.

Ikkinchi bosqichda, ushbu takliflar joriy yilning 22 fevraldan 16 martgacha ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib saralandi va natijada ishchi guruh xulosasiga asosan 71 ta 85 mlrd. 844 mln.so‘mlik takliflar keyingi bosqichga o‘tkazildi.

Uchinchi bosqichda, joriy yilning 16 martdan 04 aprel kuni ovoz berish yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz yig‘ib g‘olib bo‘lgan takliflar, ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida shuningdek “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi” da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 13 ta taklif tashabbuskorlari jami 56 092 ta ovozlar yig‘ib, 17 mlrd. 300 mln.so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.

Bugungi kunda ushbu g‘olib deb topilgan takliflarni amalga oshirish “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshirildi. Jumladan;

Jumladan:

1. Qo‘rg'oncha MFY Qo‘rg'oncha qishlog‘ining 3000 metr ichki yullarini  asfaltlashtirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 350,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "Kar Dav Stroy S" x/k bilan 1 250,9 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfalt yotqizish ishlari 100 foizga bajarilgan.

2. Jom MFY Dukur guzaridan Tinchlik guzarigacha bo‘lgan 5 km yulni asfaltlash uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga      1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "XURSHIDTRANS-KATK" MCHJ bilan 1 243,3 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfalt yotqizish ishlari 100 foizga bajarilgan.

3. Qo‘rg'oncha MFY Sahro uchastkasi 49-maktab yo‘lidan Istiqlol, Buloqboshi 1 va Buloqboshi 2 qishloqlariga qadar bo‘lgan 3 km yo‘llarga asfalt yotqizib ta'mirlash "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "XURSHIDTRANS-KATK" MCHJ bilan 1 276,3 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfalt yotqizish ishlari 100 foizga bajarilgan.

4. Qo‘rg‘oncha MFY 4N 632 Sepki–Oltio‘g‘il qishloq avtomobil yo‘lining 7-10 km qismiga asfalt yotqizish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "ММКК-505" MCHJ bilan 1 280,0 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfalt yotqizish ishlari 100 foizga bajarilgan.

5. Samarqand-Qalqamani bog‘lovchi Yurg‘abuloq yo‘lining 5 km qismini asfalt qilish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "Quruvchi Bunyodkor Dizayn Servis" MCHJ bilan 1 267,8 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfalt yotqizish ishlari 100 foizga bajarilgan.

6. Qo‘rg'oncha MFY Kattasoy-2 tor ko‘cha (Teraksoy qishlog‘i) ichki yullarini asfaltlashtirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "XURSHIDTRANS-KATK" MCHJ bilan 1 279,1 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfalt yotqizish ishlari 100 foizga bajarilgan.

7. Buloqboshi MFY Sepki qishlog‘idagi “Sepki oilaviy poliklinikasi”ni yangidan qurish uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "TEX NUR KAFOLAT" MCHJ bilan 1 291,8 mln. so‘mlik qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda Sepki OP si qurilishi 100 foizga bajarilgan.

8. Boshquduq MFY dan Pastdarg‘om tumaniga bog‘lovchi yulning 2,2 km qismiga asfaltlashtirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "TEX NUR KAFOLAT" MCHJ bilan 1 278,0 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfalt yotqizish ishlari 100 foizga bajarilgan.

9. Xalqabod MFY ninig guzarlariga 500 ta biton sim yog‘och,6000 metr kabellar va 4 ta transformator o‘rnatish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand viloyat filialiga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "SHUNQOR AXMEDOV" MCHJ bilan 1 203,2 mln. so‘mlik elektrlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda elektrlashtirish ishlari 100 foizga bajarilgan.

10. Tim qishlog‘i Arabota MFY ga qarashli 7-8--10 kuchalarga asfalt yotizish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "TEX NUR KAFOLAT" MCHJ bilan 1 272,0 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfalt yotqizish ishlari 100 foizga bajarilgan.

11. Po‘latchi MFY binosini ettilikga muljallangan zamonaviy qilib yangidan qurish uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 000,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "ZOIR-MANSUR"X/K bilan 951,4 mln. so‘mlik qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda Pulatchi MFY binosi qurilishi 100 foizga bajarilgan.

12. Tegirmonboshi MFY, Galasherik va Haprin  guzarlarining ichki yo‘llarini asfaltlashtirish va mavsumiy yogʻingarchilik suvlari uchun asfaltning yonidan latok-ariqlarni oʻrnatish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "NUR KRISTALL" MCHJ bilan 1 274,3 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish va latok-ariqlarni oʻrnatish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfalt yotqizish hamda latok-ariqlarni oʻrnatish ishlari 100 foizga bajarilgan.

13. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxonani ta’mirlash uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 350,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "JAMSHIDJON UNIVERSAL SAVDO" X/K bilan 1 282,4 mln. so‘mlik qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda makaziy shifoxona binosini ta’mirlash ishlari shartnoma muddatidan kechikmoqda, qurilish ishlari ham rejadagidan ortda qolmoqda. Pudratchi tashkilot tomonidan kamchiliklarga yul qo‘yilganligi yuzasidan "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga rasmiy xabarnomalar berilgan.   

 

2024-yil 2-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

 

Jamoatchilik fikri asosida 2024 yil 2-mavsumning birinchi bosqichida, joriy yilning 6-26-iyul kunlari openbyudjet.uz rasmiy veb sayti orqali tumandagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar tomonidan 78 ta tashabbuslar qoldirildi, ularning umumiy qiymati 98 566,0 mln.so‘m.

Ikkinchi bosqichda, ushbu takliflar joriy yilning 26-iyuldan 15-avgustgacha ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib saralandi va natijada ishchi guruh xulosasiga asosan 62 ta tashabbus jami 78 356,0 mln.so‘mlik takliflar keyingi bosqichga o‘tkazildi.

Uchinchi bosqichda, joriy yilning 15-avgustdan 22-avgust kunlariga qadar fuqarolar va tashabbuskorlar tomonidan o‘z loyihalarini targ‘ibot qilish jarayonlari bo‘lib utdi.

To‘rtinchi bosqichda, joriy yilning 22-avgustdan 1-sentyabr kunlari fuqarolar tomonidan ovoz berish jarayonlari bo‘lib utdi va eng ko‘p ovoz olib g‘olib bo‘lgan takliflar, ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida shuningdek “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 10 ta taklif tashabbuskorlari jami 84 719 ta ovozlar yig‘ib, 13 600,0 mln.so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.

Bugungi kunda ushbu g‘olib deb topilgan takliflarni amalga oshirish “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshirildi.

Jumladan:

1. Sazag‘on MFYning “Sazag‘on MFY ta'mirtalab ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi yotqizish” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "KATTABEK QURUVCHI" MCHJ bilan 1 278,7 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

2. Ag‘ron MFY ning “Ag‘ron va Navbaxor MFY lar o‘rtasidagi yo‘lni asfaltlash” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "ME`YOR QURILISH ASFALT" MCHJ bilan 1 274,4 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

3. Jarquduq MFY ning “Jarquduq qishlog‘i ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizish” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "PAYARIQ IPAGI" MCHJ bilan 1 278,8 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

4. Buloqboshi MFY ning “Sepki qishlog‘ida joylashgan 53-sonli umuta'lim maktabi hududidan, maktabga qarashli bo‘sh yer maydonidan sport kompleksi qurish” tashabbusi uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib loyihachi "MEMOR QURILISH LOYIHA KATTAQO‘RG'ON" MCHJ bilan 32,3 mln. so‘mlik imzolangan shartnomaga asosan loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqilgan,bugungi kunda pudratchi tashkilot aniqlanish jarayonida.

5. Qo‘rg‘oncha MFY ning “4N-632 “Sepki–Oltio‘g‘il” qishloq avtomobil yo‘liga asfalt yotqizish” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "ZARKENT OMAD TRANS" QO‘SHIMCHA MAS'ULIYATLI JAMIYAT bilan 1 268,4 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

6. Qo‘rg'oncha MFY ning “Sahro guzaridagi eskirgan simyog‘oshlar o‘rniga yangi beton simyog‘ochlar o‘rnatish va transformatorlarni yangisiga almashtirish” tashabbusi uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand viloyat filialiga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "ZARAFSHON VODIY MAXSUS QURILISH" X/K bilan elektrlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda elektrlashtirish ishlari davom etmoqda.

7. Qoʻrgʻoncha MFY ning “Qoʻrgʻoncha qishlogʻining 3 000 metr ichki yoʻliga asfalt qoplamasi yotqizish”  tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "KAR DAV STROY S" X/K bilan 1 276,4 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

8. Tegirmonboshi MFY ning “Tegirmonboshi va Karmovul guzarlarining ichki yo‘llarini asfalt qoplamali yo‘l qilish” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "ME`YOR QURILISH ASFALT" MCHJ bilan 1 268,7 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-sentabrdagi 23-9-19264-sonli xatiga asosan mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan va 2 ta tashabbusni moliyalashtirish uchun Respublika byudjetidan jami 2 720,0 mln.so‘m mablag‘ ajratildi:

Jumladan:

9. Oltinsoy MFY ning “Oltinsoy mahallasi Uzku qishloq temir yul o‘tkazgich joyi bilan Uzku qishloq Oqjirim qabristoniga boradigan 1392 metr yulga asfalt qoplamasini yotqizish ishi.” tashabbusi uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib "KATTABEK QURUVCHI" MCHJ bilan 1 223,6 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda..

10. Mash’al MFY ning “Markaziy shifoxona, binosining tashqi va ichki fasad qismi va ichki yulaklarini ta’mirlash” tashabbusi uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 360,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib loyihachi "ROAD DESIGNER" MCHJ bilan 25,8 mln. so‘mlik imzolangan shartnomaga asosan loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqilgan,bugungi kunda pudratchi tashkilot aniqlanish jarayonida.

2024-yil 1-mavsumda g‘olib loyihalar buyurtmachi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib tanlov asosida g‘olib bo‘lgan pudratchi tashkilotlar tomonidan 12-ta loyihada qurilish ta’mirlash ishlari yakunlangan va topshirish-qabul qilish dalolatnomalari imzolangan,1-ta loyihada qurilish ishlari davom etmoqda.

2024-yil 2-mavsumda g‘olib loyihalarga buyurtmachi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib tanlov asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilib,pudratchi tashkilotlar aniqlanib qurilish ishlari davom etmoqda.

 

A.Xudayberdiyev,

Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

Teglar
- -