Nurobod tumani Ichki ishlar bo'limi boshlig'i S.Sharipovning tuman aholisiga MUROJAATI
“Profilaktik - ogohlantiruvchi murojaat”
Assalomu alaykum hurmatli tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq foydalashuvchilari!
Barchamizga ma’lumki, hozirgi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarga alohida e’tibor qaritilmoqda.
2026 yilning 1 oyi davomida tumanda jami 27 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, shundan 3 tasi tashabbus orqali aniqlanadigan jinoyatlar, 9 tasi oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, 15 tasi axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan jinoyatlardan iborat.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida, 2026 yilning 1 oyi davomida 39 ta mahallalarning 3 tasida o‘tgan yil mos davriga nisbatan jinoyatlar kamaydi;
-36 tasida umuman jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Sodir etilgan 9 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 5 tasi yoki 55,0 foizini o‘g‘irlik jinoyatlari tashkil qilmoqda. O‘g‘irliklarning 4 tasi hayvon o‘g‘irligi, 1 tasi xonadon o‘g‘irligi. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan o‘g‘irlik, jinoyatlari salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda. Sodir etilgan o‘g‘irliklarni mahallalar kesimida tahlil qilganimizda, Oltinsoy, Saroy mahallalarida 2 tadan, O‘rtabuz mahallasida 1 ta sodir etilishiga yo‘l qo‘yildi.
Aziz tumandoshlar!!!
Hozirgi kunga qadar qayd qilingan o‘g‘irlik holatlarini o‘rganib chiqish jaryonida diqqatni tortadigan tomoni shuki, fuqarolarimiz tomonidan o‘z mulkiga bo‘lgan e’tiborsizligini, chorva mollarini qarovsiz qoldirishayotganligini, ayniqsa chorva mollari saqlanadigan og‘ilxonalar yashash joyidan ancha uzoqlikda joylashganligini, og‘ilxonalarning ko‘pchiligida eshiklari yo‘qligi, borlari xam qulflanmasligi, chorvo mollari dalada qarovsiz qoldirib ketilishligi, sodir bo‘lgan ko‘pchilik o‘g‘irlik holalarida ko‘rishimiz mumkin. Buyuk halqimizning ibratli bir maqoli bor, “o‘z mulkingni o‘zing extiyot qil” deb bejizga aytishmagan, shundan kelib chiqib barchamiz o‘z mulkimizga va chorva mollarimizga e’tiborli bo‘lsak, bu kabi o‘g‘irlik holatlarini oldini olgan bo‘lamiz. O‘tkazilgan tahlillardan shuni ko‘ramizki yil sayin, eng achinarlisi oxirgi uch yil davomida firibgarlik ya’ni, fuqarolar bir-birlarini ishonchiga kirib aldov yo‘li bilan o‘zgani mulkiga egalik qilish holatlari oshib bormoqda, tumanimiz fuqarolari tomonidan qilinayotgan murojaatlarni asosiy qismini ijtimoiy tarmoq orqali biror bir buyum, yer sotib olish, chet elga ishga yoki o‘qishga yuborish, kredit olib berishda amaliy yordam berishlik uchun pul va xujjatlarini berganlik holatlari tashkil etadi. Yana shuni aloxida takidlab, aytishim zarurki olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga qaramasdan hozirgi kunda avj olgan kiber jinoyatchilik, fuqarolarimizni e’tiborsizligi natijasida qo‘llaridagi plastik karta raqamlarini va yashirin kodlarini o‘zgalarga berishi natijasida firibgarlar domiga tushib kolayotganligi ayanchlidir. Aziz fuqarolar!!!
So‘nggi paytlarda tumanimizda internet orqali firibgarlik holatlari keskin ko‘paymoqda.
Jinoyatchilar qalbaki havolalar, yolg‘on telefon qo‘ng‘iroqlari va messenjerlar orqali xabar yuborib, fuqarolarni aldashga hamda shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinishmoqda.
Hech qanday holatda uchinchi shaxslarga:
— bank kartangiz ma’lumotlarini,
— SMS orqali kelgan kodlarni,
— shaxsiy akkauntlar va ilovalar parollarini taqdim etmang.
Shubhali havolalarga kirmang va noma’lum raqamlar yoki manbalardan kelgan xabarlarga ishonmang.
Hatto ular o‘zlarini bank yoki davlat organlari xodimi sifatida tanishtirsa ham, tekshirmasdan ishonmang.
Unutmang: har qanday shubhali holat kiberjinoyatning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
Agar siz internet orqali firibgarlikka duch kelgan bo‘lsangiz yoki aldovga urinishni sezsangiz — darhol ichki ishlar organlariga murojaat qiling. Sizning hushyorligingiz — kiberjinoyatlarga qarshi eng ishonchli himoyadir.
Hurmatli brifing ishtirokchilari, firibgarlar aldoviga tushib qolmang. Doimo Davlatimiz tomonidan taklif etilayotgan va ko‘rsatilayotgan xizmatlarlardan foydalanishingizni maslahat beraman.
Shu bilan birga fuqarolarimiz tomonidan spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda transport vositalarini boshqarishi, haydovchilar tomonidan aholi yashash hududlarida tezlikni oshirib harakatlanishi natijasida ko‘plab salbiy oqibatlar kelib chiqmoqda. Eng achinarlisi ko‘pchilik holatlar fuqarolarimizni o‘limi bilan yakun topmoqda.
Joriy yilning yanvar oyi davomida 4 ta yo‘l transport hodisalari sodir etildi. Shundan 2 tasi o‘lim bilan yakunlandi.
Aziz tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari barchamiz yakdillik bilan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashgan holda ularni oldini olishga kirishsak, tumanimizni jinoyatdan holi hududga aylantiramiz yanada yengil bo‘ladi.
E’tiborlaringiz uchun rahmat.




