insurez
16-12-2025 17:02

Nurobod tumani Ichki ishlar bo'limi boshlig'i S.Sharipovning tuman aholisiga MUROJAATI


Assalomu alaykum hurmatli tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq foydalashuvchilari!

Sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha noyabr oy yakuni bilan “profilaktik ogohlantiruv murojaatim”ni yo‘llamoqdaman.
Joriy yilning 11 oyi davomida  tumanda jami 271 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, shundan 57 tasi tashabbus orqali aniqlanadigan jinoyatlar, 207 tasi  oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar,  7 tasi axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan jinoyatlardan iborat.

Olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida tumanimiz hududida oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlardan bosqinchilik jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.        

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida,  joriy yilning 11 oyi davomida 39 ta mahallalarning 25 tasida jinoyatlar kamaydi; 9 tasida umuman jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Shuningdek, mahallalarning 5 tasi “qizil” toifaga kirgan bo‘lib, ularning hissasiga 30,6 foiz mahalla hududidida oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi.

Joriy yil noyabr oy davomida  jami 37 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, shundan 15 tasi 40,6 foizi  tashabbus orqali aniqlanadigan jinoyatlar, 22 tasi  59,4 foizi oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlardan  iborat.

Sodir etilgan 22 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 7 tasi yoki 31,8 foizini o‘g‘irlik,   4 tasini yoki 18,1 foizini tan jarohati yetkazish jinoyatlari tashkil qilmoqda.
Ammo oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar, ya’ni o‘g‘irlik, tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlari salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda.
Joriy yilning 11 oyi davomida 78 ta o‘g‘irliklar sodir etilgan bo‘lib umumiy jinoyatlarning 28,7 foizini tashkil qiladi. O‘g‘irliklarning 11 tasi xonadonlarda, 5 tasi savdo shahobchalaridan 39 tasi hayvon o‘g‘irligi, 8 tasi avtotransportlardan, 4 ta telefon, 3 tasi velosiped o‘g‘irliklarini tashkil etadi.
Xonadonlar va boshqa xususiy ob’yektlaringizda o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida ularni qo‘riqlash pultlariga topshirishingizni tavsiya etiladi.

Avtotransport vositalarida sodir etilayotgan o‘g‘irlik jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida transport vositangizni ochiq xolda va kalitini o‘zida qoldirmang yoki qimmatbaxo buyumlaringizni saqlamang.

Joriy yilning 11 oyi davomida tumanda tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlar 78, 9 foizga (19-34) yoki 15 taga oshgan. 

Bu turdagi jinoyatlar tumanning  Oltinsoy, Boshquduq, Oqsoy, Jom, Girdiqo‘rg‘on, Omondara, O‘rtabuz, Navruz, Nurdum, Amir Temur, Sharq Yulduzi Nurbuloq, Saxoba, Do‘stlik, Sazag‘on, Ittifoq va Yuksalish mahallarida sodir etilishiga yo‘l qo‘yildi.

Aziz tumandoshlar!!!

Yana shuni aloxida takidlab, aytishim zarurki olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga qaramasdan hozirgi kunda avj olgan kiber jinoyatchilik, fuqarolarimizni e’tiborsizligi natijasida qo‘llaridagi plastik karta raqamlarini va yashirin kodlarini o‘zgalarga berishi natijasida firibgarlar domiga tushib kolayotganligi ayanchlidir.

Bugungi kunda ko‘plab fuqarolarimiz internet firibgarlarining yolg‘on aldovlariga uchrab, bilib-bilmasdan shaxsiy va bank karta ma’lumotlarini taqdim qilishi natijasida ham moddiy, ham ma’naviy zarar ko‘rayotganligi kuzatilmoqda.

Har biringizni kiberxavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz. Xususan:

Soxta mobil ilova (APK) viruslari – ijtimoiy tarmoqlar, telegram kanallar yoki notanish veb-saytlar orqali tarqatilayotgan virusli APK fayllarini yuklab olish va o‘rnatish orqali telefoningizdagi barcha ma’lumotlar (bank ma’lumotlari, shaxsiy suratlar, kontaktlar) o‘zlashtirib olinishi mumkin.

Onlayn savdo bilan bog‘liq firibgarliklar – internetda, xususan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan arzon tovarlarni sotib olish maqsadida noma’lum shaxslarga oldindan pul o‘tkazmang. Soxta onlayn-do‘konlarga ishonish oqibatida moddiy zararga uchrash mumkin.

Har doim tovarni olgachgina pul to‘lang va savdoni rasmiy hamda ishonchli platformalar orqali amalga oshiring;

Notanish qo‘ng‘iroqlar – o‘zini bank yoki davlat xodimi deb tanishtirgan shaxslar tomonidan so‘ralayotgan SMS tasdiqlash kodlarini hech qachon aytmang. Soxta e’lon va reklama orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni, bank kartasi ma’lumotlari va SMS-kodlarni kiritmang;

Bolalaringizning internetdagi faoliyatini doimiy nazorat qiling.

Teglar
- -