insurez
19-12-2024 14:54

Nurobod tumani hokimligida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish bo'yicha yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish bo'yicha yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda tuman hokimi S.Berdiqulov, tuman prokurori J.Abdihakimov, tuman IIB boshlig'i A.Otamurodov, tegishli mas'ullari va tuman yoshlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda rahbarlar tomonidan yoshlarning huquqiy ong va savodxonligini yuksaltirish, foydali mashg'ulot bilan band bo'lishlarini ta'minlash va ta'lim-tarbiya sifatini yanada oshirish ular o'rtasidagi jinoyatchilik holatlarining oldini olish va yot g'oyalar ta'siridan saqlashning muhim sharti ekanligi alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan bayram kunlarini munosib o'tkazish, turli ko'ngilsiz holatlarning oldini olish, pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, ulardan foydalanish va tarqatish uchun qonunda belgilangan javobgarlik holatlari yuzasidan kerakli huquqiy tushuncha va axborotlar berildi.

Yakunda tumanni jinoyatchilikdan, xususan, yoshlar jinoyatchiligidan xoli hududga aylantirish, jinoyatchiliklar profilaktikasi, yoshlarni vatanparvarlik va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi maʼnaviy-maʼrifiy  ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Teglar
- -