insurez
12-09-2025 16:00

Nurobod tumani hokimligida ijro intizomi masalalari muhokama qilindi


Bugun Nurobod tumani hokimligida ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Ibragimov rahbarligida tuman hokimligi apparati xodimlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda tuman hokimligi va tuman tashkilotlarida ijro intizomi, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar va hujjatlar bilan ishlash tartibi, elektron hujjat aylanish tizimlaridan foydalanish holati batafsil ko‘rib chiqildi.

Muhokama jarayonida mas’ullarga topshiriq va vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarish, ishga mas’uliyatli yondashish hamda ijro intizomi va samaradorlikni oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomini kuchaytirish va tizimli nazoratni ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi hamda tegishli choralar belgilab olindi.

Teglar
- -