insurez
19-12-2024 12:42

Nurobod tumani hokimi yoshlar bilan muloqot o'tkazdi


Nurobod tumanida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini ta’minlash va hayotda o‘zlarining mustahkam o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish maqsadida muntazam ravishda “Hokim va yoshlar uchrashuvlari" tashkil etib kelinmoqda.

Bugun Nurobod tumani hokimligida "Yoshlar forumi – 2024" doirasida tuman hokimi S.Berdiqulov tuman yoshlari bilan samimiy muloqot o'tkazdi.

Dastlab tuman rahbari yoshlarni bugungi kunda davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga, el-yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan munosib kadr bo‘lib yetishish uchun zamonaviy kasb-hunar va bilimlarni puxta egallashga chaqirdi.

Shuningdek, muloqot davomida faol va tashabbuskor yoshlar tomonidan o‘z-o‘zini band qilish, o'quv markazlari tashkil etish, chet tillarini o‘rganish va kasb-hunarga o'qitishning samarali usullari, o‘quv xarajatlari va boshqa mavzular yuzasidan 30 dan ortiq taklif va murojaatlar yo'llandi.

Tuman rahbari yo‘llangan hech bir murojaat e’tibor va nazoratdan chetda qolmasligini ta’kidlab, ularning ijobiy yechimi va ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Uchrashuv yakunida tadbirda faol ishtirok etgan o'quvchi-yoshlarga tuman hokimligining esdalik sovg'alari topshirildi.
 

Teglar
- -