Nurobod tumani hokimi yetakchi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov Urgut erkin iqtisodiy zonasining Sazag'on massivida joylashgan yetakchi va ilg'or sanoat korxonalarida bo'lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik quvvati va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, tuman rahbari "Mirankul Construction Materials LTD" MCHJ, "SAMKOR GULISTON" MCHJ hamda yangidan bunyod etilayotgan "PLATINUM METAL INDUSTRY" MCHJ korxonalariga tashrif buyurdi.
Ushbu korxonalar metall konstruksiyalar, po'lat buyumlar, armatura va kabel yo'laklari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lib, hozirgi kunda hudud sanoat salohiyatini oshirishda muhim rol o'ynamoqda.
Korxonalar rahbarlari tuman hokimiga ishlab chiqarish liniyalari, mahsulot assortimenti, texnologik jarayonlar va mehnat sharoitlari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayoni, xalqaro standartlarga mos, mahalliy xomashyo asosida yaratilayotgan yuqori sifatli mahsulotlar e'tirof etildi.
Tuman rahbari sanoat rivoji orqali tumanda yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport hajmini oshirish va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Uchrashuvlar davomida tumanda sanoat ko'lamini kengaytirish, kichik va o'rta biznes subyektlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratish, ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy va infratuzilma jihatdan qo'llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha istiqbolli rejalar muhokama etildi.