Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov ishtirokida brifing bo'lib o'tdi
Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov ishtirokida "Nurobod tumanida sport sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar natijadorligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar" mavzusida brifing bo'lib o'tdi.
Tuman rahbari sohada amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalar ekan, quyidagilarni ta'kidlab o'tdi:
"Bugungi kunda Nurobod tumanida 247 ta sport inshootlari mavjud bo‘lib, jumladan, 37 ta sport zallari, 33 tasi futbol, 43 ta basketbol, 78 ta voleybol, 35 ta gandbol, 17 ta sun’iy qoplamali mini-futbol maydonchalari, 4 ta fitnes zallari va 1 ta Bolalar va o‘smirlar uchun sport maktabi faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-sonli Qarori ijrosi yuzasidan hamda tumanda ommaviy sportni rivojlantirish, aholining sport bilan shug‘ullanishi, yoshlarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadlarida sport maydonchalarining qurilishi jadal suratlarda boshlab yuborildi.
Manzilli dasturga ko‘ra, tumandagi barcha 39 ta mahallalarning har biriga uch turdagi, ya’ni badminton, stritbol va “Workout” maydonchalari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatgich 2024-yilning to‘qqiz oyi davomida 2 ta “Workout”, 1 ta stritbol maydonchalari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilib, aholi shug‘ullanishi uchun topshirildi. Ayni vaqtda tumanning “Nurafshon” va “Mehnatkash” mahallalarida ham sport maydonchalar qurish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda.
2023-yil yakuni bo‘yicha tuman markaziy va qishloq ko‘chalarida 12 kmdan ortiq salomatlik yo‘laklari, 12 kmga yaqin velosiped yo‘lakchalari qurilgan bo‘lsa, 2024-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida tumanda 8 kmdan ortiq salomatlik va velosiped yo‘lakchalari, yoshlarning mini-futbol sporti bilan shug‘ullanishlari uchun “Mash’al” mahallasida 1 ta mini-futbol maydonchasi qurib, foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli Qarori, 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida sog‘lomlashtirish va yurish tadbirlari, sportning futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish turlari bo'yicha har bir mahalla va maktabda malakali murabbiylar tomonidan haftaning belgilangan kunlarida sport mashg'ulotlari o'tkazib kelinmoqda.
Aholi va yoshlar o'rtasida sportning basketbol, voleybol, velosport, gandbol, yengil atletika, stol tennis, futbol va mini futbol, kurash, boks, armrestling, badiiy gimnastikasi, shaxmat-shashka, “Otam-onam va men” oilaviy sport musobaqalari, “Sektor rahbari kubogi”, “Sportni sev sport bilan yasha!” shiori ostida va 5 ta tashabbus dasturi doirasida sport tadbirlari tashkil etilib, 2024-yilning 5 oyi mobaynida 120 dan ziyod ommaviy sport tadbirlar tashkil etildi.
2024-yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra tumanda 7-30 yoshlilar 71430 nafarni tashkil qilib, 2024-yilning sentabr oyi yakuniga kelib tuman yoshlarining 20000 (28%) nafari ommaviy sport bilan qamrab olingan bo‘lsa, bu ko'rsatkich butun tuman aholisi miqyosida 159306 nafarni tashkil etdi.
Haftaning har shanba kunlari korxona, tashkilot va muassasa rahbar va xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida sport musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.
Bundan tashqari tuman IIB, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi va yana boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tumanda bolalar va o‘smirlar, voyaga yetmaganlar va uyushmagan yoshlar, shuningdek xotin-qizlar o‘rtasida beshta muhim tashabbus doirasida sportning kurash, voleybol, basketbol, futbol, velosport, badiiy gimnastika, yengil atletika, kamondan o‘q otish musobaqalari, “Sog’lom hayot sari” shiori ostida 5000 qadam yurish hamda quvnoq startlar turlaridan tuman birinchiliklari va boshqa bir qator musobaqa va tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Xulosa o'rnida aytganda, har bir mahalla kesimida yoshlarning ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilib, kelgusida ular orasidan nufuzli musobaqalarda yurtimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'taradigan chempion yigit-qizlarni tarbiyalash borasida tumanda samarali va tizimli ishlar olib borilmoqda".