Nurobod tumani hokimi M.Buranov yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugun, Nurobod tuman Yoshlar markazida tuman hokimi M.Buranov tumanning Amir Temur, Sharq yulduzi va Navro'z mahallalari yoshlari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida tuman rahbari yoshlarning jamiyat rivojida tutgan o‘rni, bugungi kunda ularning sifatli ta'lim olishlari va zamonaviy kasblarni puxta egallashlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash kabi masalalar to'g'risida so‘z yuritdi.
Muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Ularning bandlik, ta’lim, sport va madaniyat sohalaridagi muammolari atroflicha muhokama etilib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi.
Uchrashuv yakunida tuman rahbari yoshlarni faol bo‘lishga, o‘z ustida tinimsiz ishlashga, jamiyatda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topish uchun mukammal bilim olishga chaqirdi.