Nurobod tumani hokimi M.Buranov viloyatdagi tuman va shahar hokimlari bilan birgalikda iqstisodiy-siyosiy tashrif doirasida Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib turibdi
Ayni kunlarda Nurobod tumani hokimi M.Buranov viloyatdagi tuman va shahar hokimlari bilan birgalikda iqstisodiy-siyosiy tashrif doirasida Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib turibdi.
Bugun tumanimiz rahbari Xitoyning Shinjon Uyg'ur avtonom rayoni Urumchi shahridagi ta'lim tizimi, xusan kasb-hunar kollejlaridagi dars berish jarayonlari, ularda o'quvchilar uchun yaratilgan qulaylik va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o'zaro tajribalar almashildi.
Ta'lim muassasasidagi zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan laboratoriya va interaktiv dars xonalari, o'quvchilarning nazariy bilimlarini bevosita amaliy ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq tarzda rivojlantirish imkoniyatlari tuman rahbarida katta qiziqish uyg'otdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilinib, Nurobod tumanidagi kasb-hunar maktablari bilan Xitoydagi ilg'or kollejlar o'rtasida o'quvchi va o'qituvchilar almashinuvi, malaka oshirish dasturlarini yo'lga qo'yish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.