Nurobod tumani hokimi M.Buranov va tegishli mas'ullar tuman markazidagi 61-umumta'lim maktabida bo'lib, maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov va tegishli mas'ullar tuman markazidagi 61-umumta'lim maktabida bo'lib, maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Maktab hududi va undagi sport maydonlari obodligini ta'minlash, "Yashil makon" dasturi ijrosi doirasida ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tuman rahbari Navro'z umumxalq bayrami nishonlanadigan "Mehnat" o'yingohiga tashrif buyurib, undagi tayyorgarlik ishlari holatini ko'zdan kechirdi.
Bayramni munosib o'tkazish, tuman aholisi uchun o'zgacha va yodda qolarli tarzda tashkil etish, fuqarolar xursandchiligini ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.