insurez
28-03-2025 16:10

Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanning olis O'rtabuz mahallasida bo'lib, hududdagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari holati bilan tanishdi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanning olis O'rtabuz mahallasida bo'lib, hududdagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari holati bilan tanishdi.

Dastlab ushbu mahalla yettiligi faoliyati o'rganilib, faollarning aholi murojaatlarini tinglash, muammolarini o'z vaqtida ijobiy hal etish, fuqarolar bandligini ta'minlash, yoshlar va xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish yo'lida olib borayotgan faoliyati batafsil sarhisob etildi.

Shuningdek, tuman rahbari hududdagi ijtimoiy soha obyektlari bo'lgan 28-umumta'lim maktabi va 11-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurib, ulardagi ta'lim-tarbiya jarayoni, moddiy-texnik ta'minoti va o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun faoliyat yuritayotgan sport va fan to'garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O'rganishlar yakunida hududdagi ta'lim-tarbiya sifatini yanada oshirish, aniqlangan kamchilik va muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish, obodonlashtirish va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ko'kalamzorlashtirish  ishlari ko'lamini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -