insurez
27-02-2025 18:10

Nurobod tumani hokimi “Hazrati Ali” jome masjidida bo'lib, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov va tegishli mas'ullar tuman markazidagi barcha qulayliklarga ega, zamonaviy ruhda qad rostlayotgan “Hazrati Ali” jome masjidi yangi binosidagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining holati bilan yaqindan tanishdi.

Tuman rahbari masjid mutasaddilari bilan samimiy muloqot o'tkazib, yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon oyini munosib o'tkazish, tumanimiz masjidlariga keluvchi fuqarolarga yetarli shart-sharoitlar yaratish borasida mas'ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.

Tumanimizda amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu va bunyodkorlik ishlarining tub zamirida aholining farovon turmush kechirishini ta'minlash, fuqarolarga qulaylik va imkoniyatlar yaratish, ularning ruhiy va ma'naviy dunyosini boyitishga qaratilganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir.
 

Teglar
- -