insurez
25-03-2025 16:45

Nurobod tumani Ekologiya bo'limi boshlig'i ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi


Bugun Nurobod tuman hokimligida  tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Sh.Qorayev va soha mas’ullari ishtirokida Nurobod tumanida Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida 2024-yil bahor mavsumida 600,0 ming dona ko‘chat ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 645,9 ming dona yoki rejaga nisbatan 107 foizga, kuz mavsumida 402,6 ming dona ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 658,734 ming dona yoki rejaga nisbatan 163,6 foizga bajarildi.

 

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2025 yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili deb nomlanishidan kelib chiqib, bo‘lim xodimlari tomonidan ma’muriy huquq buzarliklarni oldini olish maqsadida korxona tashkilotlarda proflaktik ishlar, targ‘ibot, tashviqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tashkilotning veb saytlarida, gazeta, jurnallarda hamda bugungi kunda maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi tashkilotlarida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi? ” nomli ko‘rik-tanlov olib borilmoqda.

 

Yosh avlodda ekologiyani asrash, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishning bugungi kundagi dolzarb ahamiyati to'g'risida zarur tushuncha va ma'lumotlar berishga qaratilgan bu kabi ishlar hududlarda jadallik bilan olib borilmoqda.

 

Sh.Qorayevning ta’kidlashicha, atrof-muhitga ta’sir xavfi yuqori va o‘rta darajadagi toifalarga mansub 3 ta sanoat korxonalari atrofida 2 ming 300 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yashil belbog‘ ” lar barpo etildi.

Teglar
- -