insurez
10-02-2026 14:02

Nurobod tumani 1-son texnikum jamoasi Respublika miqyosida faxrli o‘rinni egalladi


Joriy yilning 2–7-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yoshlar sportini rivojlantirishga qaratilgan nufuzli “BARKAMOL AVLOD –2025” sport o‘yinlarining o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan eng kuchli jamoalar o‘zaro bellashib, yuqori sport mahorati, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan intilish namoyon etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Samarqand viloyati sharafini himoya qilgan Nurobod tumani 1-son texnikum jamoasi alohida faollik ko‘rsatib, musobaqani faxrli 3-o‘rin bilan yakunladi.

Ushbu yutuq — yosh sportchilarning tinimsiz mehnati, murabbiylarning fidokorona sa’y-harakatlari hamda tizimli tayyorgarlik samarasi bo‘lib, tuman va viloyat sporti rivojida muhim qadamdir. G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

🏐 Nurobod tuman 1-son texnikum jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada yuqori marralarni zabt etishlarini tilaymiz!
 

Teglar
- -