Nurobod tumani 1-sektor hududidagi Navro'z mahallasida aholining tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishlarini tashkil etish bo‘yicha o'quv-seminari o'tkazildi
Nurobod tumani 1-sektor hududidagi Navro'z mahallasida aholining tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishlarini tashkil etish bo‘yicha o'quv-seminari o'tkazildi.
Seminarda 1-sektor mas'ullari, tumandagi korxona va tashkilotlar vakillari, mahalla raislari, hokim yordamchilari va faollar ishtirok etdi.
O'quv-seminari davomida mas’ullar tomonidan seminar ishtirokchilariga "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyili asosida sabzavot ekinlarini joylashtirish va yuqori daromadga erishish yuzasidan kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar mahalladagi asalarichilik va issiqxona sohalaridagi tadbirkorligi ortidan yuqori daromad topib kelayotgan fuqaro I.Mavlonov xonadonida bo'lib, tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishishdi.