Nurobod tumani 1-sektor hududida aholini kambag'allikdan chiqarish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda
Bugun Nurobod tumanining 1-sektor hududidagi "Tepaqul", "Saroy" va "Sazag'on" mahallalarida tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov rahbarligida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar hamda mahalla yettiligi a'zolari ishtirokida muhokama yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida aholini kambag'allikdan chiqarish, turmush sharoitini yaxshilash, muayyan doimiy daromad manbayiga ega qilish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tuman rahbari tomonidan aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, qilinishi zarur bo'lgan ishlar bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Ayni vaqtda sektor hududidagi mahallalarda muhokama yig'ilishlari va xonadonbay o'rganishlar davom etmoqda...