Nurobod tuman tibbiyot birlashmasining yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi
Bugun Nurobod tuman tibbiyot birlashmasi “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida yangi va zamonaviy ma’muriy binoga ega bo‘ldi.
Mazkur bino qurilishiga 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘lar sarflanib, “SAMARQAND MAXSUS SUV DRENAJ” MCHJ quruvchi tashkiloti tomonidan qurilish ishlari olib borildi.
Yangi bino to‘liq jihozlanib, 28 nafar xodimlar doimiy faoliyat olib borishlari uchun hamda aholiga malakali xizmat ko‘rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Ochilish tadbirida tuman hokimi S.Berdiqulov, viloyat sog‘liqni saqlash tizimi mas’ullari, tibbiyot xodimlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.