Nurobod tuman sektor rahbarlari ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimi holatini o'rganmoqda
Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov va sektor rahbarlari tumandagi ijtimoiy soha obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarligi, ulardagi isitish tizimlarining holati bilan tanishish maqsadida tumandagi umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida bo'lib, o'rganish ishlari olib borishdi.
Tuman rahbari mavsumni betalafot o'tkazish borasida qilingan ishlar holati bilan tanishar ekan, ushbu yo'nalishdagi ishlar sur'atini yanada oshirish va o'quvchilarning issiq xonalarda, sifatli ta'lim olishlarini ta'minlash yuzasidan mutasaddilarga kerakli topshiriq va vazifalar berildi.
Shuningdek, rahbarlar o'quvchilarga yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar, ularning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan tungi sport to'garaklari va ulardagi sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o'quvchilar bilan qisqa va samimy suhbat olib borishdi.
Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda tumanda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini qish mavsumida toza ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan shtab 24 soat faoliyat yuritmoqda.