Nurobod TTB ga qarashli qo'shimcha bino qurilish ishlari holati o'rganildi
Nurobod tumanida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida turli bunyodkorlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Nurobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimov va tuman hokimining 1-o'rinbosari R.Ibragimovlar tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yangi binoning qurilish va ta'mirlash ishlari holati o'rganildi.
Rahbarlar ushbu qo'shimcha bino qurilish ishlarining borishi bilan tanishar ekan, binoning sifatli va barcha talablarga javob beradigan zamonaviy ruhda qad rostlashi yuzasidan tegishli tavsiyalar berishdi.
"Jamshidjon Universal Savdo" MCHJ tomonidan qurilayotgan ushbu bino foydalanishga topshirilgach, kelgusida dard bilan og'rigan tumandoshlarimizning shifo topishiga, oilasi bag'riga sog'-salomat qaytishidek ezgu ishlar yo'lida xizmat qilishi, shubhasiz.