Nurobod polvoni Osiyoda tengsiz
Ayni kunlarda Rossiyaning Yakutsk shahrida 8-Osiyo bolalar o‘yinlari festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqa doirasida sportning kurash turi bo‘yicha bir qator vaznlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. E’tiborlisi, 83 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Nurobod farzandi Jo‘rabek Eshpo‘latov barcha raqiblaridan ustun kelgan holda musobaqa chempionligi va 🥇 oltin medal ni qo‘lga kiritdi. J.Eshpo‘latov erishgan ushbu yuksak natija sharafiga jahon arenalari uzra yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangradi. Yosh sportchimizni ushbu ulkan yutuqlari bilan qutlab, kelgusida bundanda yuksak marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!