Nurdumda madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumani Nurdum mahallasida Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o'tkazildi.
Dastur “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” marafoni bilan boshlandi. Shaxmat, shashka, stol tennisi, mini-futbol, tosh ko‘tarish va arqon tortish musobaqalari esa tomoshabinlarga zavq ulashdi.
“Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovi, “Yosh ixtirochilar” ko‘rgazmasi, “Muqaddas ayol” ma`naviy-ma`rifiy tadbiri, bepul tibbiy ko‘rik, mehnat yarmarkasi, "Zukko kitobxon" va "Yosh kitobxon" tanlovlari hudud aholisini birlashtirdi. “Uch avlod uchrashuvi” esa mehr va qadriyatlar bayramiga aylandi.
Ayni paytda mahallada tumanimizning yosh va iste’dodli san’atkorlari ishtirokidagi GALAKONSERT dasturi bo'lib o'tmoqda.