insurez
15-11-2025 15:41

“Nurdum” mahallasining yangi xizmat binosi foydalanishga topshirildi


Bugun Nurobod tumanining olis hududlaridan biri — “Nurdum” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun bunyod etilgan yangi xizmat binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Tashkil etilgan ochilish marosimida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi, tuman hokimligi mas`ullari, hamda mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi tegishli mutasaddilari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi bino mahalla “yettiligi” faoliyati uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lib, aholiga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.
Ushbu qulayliklar mahalla ahli uchun ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir davomida “Nurdum” MFY raisi hamda faol nuroniylarga O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Mazkur ob’ektning foydalanishga topshirilishi mahalla hayotida muhim qadam bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining yana bir amaliy natijasidir.
 

Teglar
- -