“Nurbuloq” mahallasida jinoyatlar profilaktikasi mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Nurobod tumani 3-sektor hududidagi “Nurbuloq” mahallasida sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘I A.Otamuratov rahbarligida hududni jinoyatchilik va huquqbuzarlikdan holi hududga aylantirish masalasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda mahalla yettiligi a’zolari, oqsoqollar, faollar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida mahalladagi kriminogen vaziyat tahlil qilinib, unga salbiy ta’sir etuvchi omillarga qarshi kurash, hududda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, burch va majburiyatlarini teranroq anglab yetishlariga ko‘maklashish lozimligi to‘g‘risida kerakli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahallani jinoyatchilikdan holi bo‘lgan “yashil mahalla”ga aylantirish yo‘lida mahalla yettiligi va faollarining muhim o‘rin egallashi alohida ta’kidlanib, bu yo‘ldagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga, aholining huquqiy savodxonligini oshirishda astoydil xizmat qilishga chaqirildi.