Navro'z mahallasida obodlik, tozalik va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tomonidan tuman markazida joylashgan Navro'z mahallasidagi ko‘p qavatli aholi turarjoylari atrofi, shuningdek, markaziy ko‘chalarda olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi.
O'rganishlar davomida tuman rahbari mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari holatini ko‘zdan kechirib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.
Jumladan, uylar atrofi va ko‘chalar atrofida tozalikni saqlash, yangi ko‘chatlar ekish, yashil hududlarni kengaytirish, infratuzilmani yaxshilash, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, tadbirkorlik subyektlari qurilishida shaharsozlik qoidalariga rioya etilishini ta'minlash borasida qator vazifalar belgilandi.
Shuningdek, mahallalarda obodlik va tozalikni, ekologik barqarorlikni ta'minlash, bu borada jamoatchilikning faol ishtirokini ta'minlash muhimligi ta'kidlandi.
Tuman rahbari hudud aholisi bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi.